Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
HIT PARAD
Barcha javoblar: 423
Главная » 2008 » May » 4 » Sevgi haqida she'rlar
Sevgi haqida she'rlar
10:00
Ko'zlaringda
O'zlaring judayam beg'ubor,
Ko'zlaringga cho'kkim keladi,
bir nafas qarshingda o'tirib,
dardlarimni to'kkim keladi,
Ko'zlaring judayam beg''ubor,
Ko'zlaringda kulgim keladi,
Ko'zlaringda yashab bir umr,
Ko'zlaringda o'lgim keladi...
Har yurakda yasharkan armon
Asli armon kongil tanlamas
To'kiladi dillarda har on
Kimdur anglab kimdur anglamas
Yangi umid uyg'onar dilda
O'sha orzu o'sha tug'yonlar
Balki shudur ishk deganlari
Balki shudur shirin orzular........

BIRINCHI SEVGIM.
Hayotimda ilk bora sevib qolgandim
O'sha sevgim sen eding hali ham sensan
Sendan boshqa sevgi, sig'mas qalbimga
Ko'zlarim intizor bo'lar yo'lingga.
Sevardim men seni go'yo daryoday
Daryoki xech qachon suvi tugamas
Mening Senda bo'lgan xayolim kabi
Xech qachon Sevgingdan ko'ngil uzolmas.

Mening birinchi sevgim, doim xayotda
Yagona ishq bo'lib qolar doimo
Sening mengabo'lgan sevgingla yashab
Muxabbating bilan o'lsam extimol.

SEVGI NIMA?
Sevgi nima? degan savolga
Har kim javob berar o'zicha
Ba'zilarga u o'yinchoq tuyg'u
Ayrimlar der "Sevgi bu-og'u".
Xayotida sevgila yashab
Sevgi bilan o'lganlar qancha
Ana shular sevgi qadriga
Yetgandirla oxirigacha.
Menimcha sevgi juda
Oliy, buyuk tuyg'udir
Sevib qolgan odamlar
Juda baxtli insondir.
Sevib yashash xayotda
Eng oliy baxt dunyoda
Sizlar xam bu tuyg'uni
Xurmat qiling xayotda.

SOG'INCH
Seni sog'inaman unutolmasdan
Tushimda ko'raman nigoxlaringni
Nega aytgin kelmaysan mening yonimga
Sog'intirib yashaysan mening qalbimni.
Sevaman deganing xamon yodimda
Sog'inaman yana o'sha so'zlaring
Aytgin qachon kelasan yana yonimga
Ko'z oldimda gul tutgan Sening qo'llaring.
Kelasan yonimga bir kun bilaman
Lekin o'sh "bir kun" juda xam uzoq
Tezroq kel iltimos kutaman
Dushmanlar yo'limga qo'ysa da tuzoq.
Kelishingni kutib kunlar o'tyapti
O'tyapti nafaqat tun emas kun xam
Yo'llaringgga intizor mening ko'zlarim
Kutaverar, kutadi o'tsa-da yil xam.

Jonim

Bilmayman yo'l qo'ydim qanday xatoga
Nega bu qalbim talpinar samoga
Lek, seni men bilan gaplashging yo'q
Iltimos bu bilan yurakka sanchima o'q
Mana bir hafta bo'ldi sen yo'q
O'ylayapman tunu kun
Borimmi berardim sani bir bor ko'rish uchun
Qaylardasan bilmiman, sevgingni man sezmiman
Sog'inganin bilmiman, nahot sani ko'rmiman
Jonim qanday og'ir ekan sensiz hayot
Orzu-umidlarim bo'ldi sensiz barbot
Endi qo'ng'iroq qilmaysan sen menga nahot
Aytgin endi qaylardan izlay najot
Sog'indim kulushlarin, sevaman deyishlarin
Qani endi jonim sani go'zal ko'zlarin
Yo'q...yo'q chidolmayman bunday azobga man
Jonginam tushungin bu ahvolimni san
Yashayapman lekin go'yo urmayapti yurak
Tushun bu yarakka faqat san o'zin
Lekin baribir sendan yo'qdur xech qanday darak
Nahot mani sevgim bo'lsa sen uchun bir ermak
Yo'q...ishonmiman bu yolg'on bo'lishi kerak
Chunki man unutolmasman sani xech qachon
Jonim...qo'ng'iroq qil....sog'indim yomon...

Sog'indim sani
Sog'indim sani, yolg'izim mani
Farishtam qani, asalim mani
Qiynama mani, o'ylayman sani
Gulg'uncham mani, sog'indim sani Sog'indim sani, go'zalim mani
Qaylardan topaman aytgin endi man sani
Telefon qo'ldimda, raqamlarin yodimda
Qo'ng'iroq qildim, lekin olmadin nega
Iltimos tushuntir menga
Gaplashgin kelmiyapti nega
Iztirob chekmoqdaman bundan juda ham qattiq
Nima qilay bu qalbim faqat sanga oshiq
Kechirgin mani, xafa qilgan bo'lsam sani
Lekin manga bergan vadalarin endi qani?
Hudodan so'riyman hammasi bo'lsin o'tkinch
Chunki mani qiynamoqda bunday og'ir sog'inch
Kechalari uxlolmay, sani ismin takrorlay
Yozdim sog'inganim san uchun man aytay
Lekin xatlarimga ham yozmaysan javob
Sani maktubin ololmay mani ko'nglim hunob
Yana bir bor o'tinaman bermagin bunday azob
Yuragim sansiz bo'lib bo'lgan harob
Ne qilay aytgin hatto bir zum ham
Unutolmasman sani bu qandayin g'am
Sani ko'rolmayotganim men uchun alam
Buni isbotlab bermoqda qog'oz va qalam
Qalbim yuragim talpinar san tomon
Chunki chin dildan sevaman sani hamon
Lek bu azoblardan omon, qolishim ham gumon
Jonim...ishon...sog'indim...juda ham yomon
Sog'indim sani, yolg'izim mani
Farishtam qani, asalim mani
Qiynama mani, o'ylayman sani
Gulg'uncham mani, sog'indim sani
Bu sog'inch bazida kulgu, bazida qayg'u
Lekin men uchun bu juda qattiq og'u
Qidiryapman o'zimdan ayb,
Lekin bu bilan qolmas qayg'ular kamayib
Yolg'iz o'zindan kutyapman man javob
Manga ayt jonim bo'lib ketdim hunob
Aytgin jonim...mani ayibim
So'zladimmi yolg'on, xafa qildimmi yomon
Qalbimda mani bo'ron va balki katta to'fon
Axir sevgandim har on, xatto berar edim jon
Hayot emasdir oson, nahot senda bor gumon
Jonim...axir chindan...sog'indim yomon
Sog'indim sani, yolg'izim mani
Farishtam qani, asalim mani
Qiynama mani, o'ylayman sani
Gulg'uncham mani, sog'indim sani



Категория: Sevgi she'rlar | Просмотров: 1930 | Добавил: saidbekorchi | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!