Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
Qaysi mavzudagi yengiliklar tez-tez saytimizga qo'shilib turishini istaysiz?
Barcha javoblar: 469
Главная » 2008 » Mart » 20 » Sevgi she'rlar
Sevgi she'rlar
18:59
SENSAN MENING
Sensan mening borim, borlig`im,
O`zingdirsan dardim quvonchim,
Senla bo`lar mening bu baxtim,
Yolg`iz o`zing aldov, ishonchim.

Ko`zlaringda bo`lsam doimo,
So`zlaringda so`zlasang meni,
Hayolingdan ketmasam bir on,
Aytsang menga "Sevaman seni". "Sevgi"
Sevaman deb yorginam
Men aytolmadim
Ko'zlaringni izladim lol
Lek topolmadim
Yonginamga kelganingda
ko'zinga boqib
Sevaman deya botinib
Men aytolmadim
Ketganingda armol qildim
Chin yurakdan,pok qalbimdan
Men sevganimni
Kelsang agar yana bir bor
Jonim yonimga
Ishontira olar edim
Meni chin sevgimga

"Seni eslab"
Seni eslab har kuni
Bir oz o'yga tolaman
Pinxon tutib dardimni
Bir oz yi'g'lab olaman
Ne qilay xayolim
Sen tomon olib borgay
Muhabbat ish dardim
Yuragim urar minday
Axir ayib menda emas
Seni sevib qolganman
Seni o'ylab har nafas
Dilga otash solibman
Qo'limda emas buyog'i
Peshonamdan ko'raman
Yomon ekan ishq dardi
Seni yaxshi ko'raman.

Sevgi
Senga jonim fido bo`lsin,
Tanamdagi qonim mening
Sensiz bir zum yasholmasman,
Vujudimsan jonim mening.
Dunyoda yashayver mangu,
Sen kerak yuraklarga,
Sening bergan azoblaring
Oro berar qalblarga.
Sevgi! Senku har yurakni
Xursand qilib yig`latgan,
Har insonda paydo bo`lgan
Borim mening,yo`g`im mening.

Категория: Sevgi she'rlar | Просмотров: 2030 | Добавил: saidbekorchi | Рейтинг: 5.0/5 |
Всего комментариев: 5
25.07.2011
5. bekzod [Materyal]
Agar taqdir ayirsa bizni Özgaga
yor bola olasizmi Ke4ir meni
sevgilim deya Mendan uzr so'ray
olasizmi Gar iwqingizda o'lsam
alamdan Mazorimga boraolasmi
Qabrim uzra bowingiz qöyib
Ke4ir yorim deyaolasmi Yillar
ötib farzand kôrib Mening ismim
qöya olasmi.farzandingiz
bagrigizga bosib MUHABATIM
deya olasizmi.

13.12.2010
4. zilola [Materyal]
werlarga gap yo'q

08.07.2008
3. shoira (shoira_85) [Materyal]
Sevolmaydi meningdek...
Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz cho`kib yig`lar, ehtimol,
Lekin sodiq bo`lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo`lma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bag`riga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yo`ling kesib o`tsam - o`zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko`rsam kifoyat,
Bir nigohing o`zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo`lmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko`kdagi harir ko`ylak, hur-pari,
Ko`k ko`ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko`nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.


23.03.2008
2. Salomat (salomat92) [Materyal]
Juda zo`r she'rlar.

23.03.2008
1. Salomat (salomat92) [Materyal]
Izhor va tabrik
Mana, necha kunki, saqlayman sukut,
Yoningga borishga yo'q bir bahona.
Vasling orzusida, lablari yoqut,
Yo'q men kabi oshiq, g'arib, devona.
Goho seni o'ylab aqlim parishon,
Goh esa kuyingda yonaman unsiz.
Goh torlik qiladi zaminu osmon,
Goh hayot tuyular menga mazmunsiz.
Goho seni o'ylab, bir o'zim, tanho,
Yulduzli osmonni kuzataman jim:
Hulkar - egasiga, Tohirga - Zuhro,
Ajab, qaysi ekan mening yulduzim.
Balki u chiqmagan hali osmonga,
Balki to'sib turar huv o'sha bulut.
Nahot men dilimni botirib qonga,
Bulut yo'qolguncha qilaman sukut?
Balki yulduzimni ko'rolmayman hech,
Bulutdan yuqori chiqmay osmonga.
Yetib borganimda bo'lmasmikan kech,
Uchib ketmasmikan boshqa tomonga?
Shunday o'ylar bilan ovora bo'lib,
Sekin o'z xonamga kirib boraman.
Joyimga yotaman va xayol surib,
Biror soat o'tgach, uxlab qolaman.
Nogoh duch kelganda bir bor qayrilib,
Holimga bir nazar ko'rmaysan ravo.
Nahotki bilmaysan, sendan ayrilib
Qolsam ham, hech narsa qilmasman da'vo.
Chunki bu olamda g'am ham, quvonch ham,
Tole ham o'tkinchi, nisbiy tushuncha.
Goh poymol etilar do'stlik, ishonch ham,
Yoshligimiz faqat hozir gulg'uncha.
Buzib men bema'ni halovatimni,
Balki hijroningda qolib ketaman.
Lekin senga bo'lgan muhabbatimni
Men o'z qabrimgacha olib ketaman.
Tug'ilgan kuningni bahona qilib,
Yozib olmoqdaman ko'nglimni biroz.
Orzuda ayb yo'q derlar, ishqilib,
Mendan xafa bo'lib yurma, sarvinoz.
Seni tabriklashga tillarim ham lol,
Orzuyingga yetgil, yor bo'lsin iqbol,
Umring shirin bo'lsin, bo'lsin bezavol,
Tabriklab qoluvchi oshig'ing ......

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!