Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
HIT PARAD
Barcha javoblar: 423
Главная » 2008 » Mart » 27 » Sevgi haqidagi she'rlar
Sevgi haqidagi she'rlar
11:57
Sevgilim
Qalbimning zori,
Faqat mani yorim.
Quyoishda salqinim,
Tunlari yorqinim.
Orzuda ishonchim,
Hayotda quvonchim.
Umrimning armoni,
Dardimning darmoni.
Ishqimning sururi,
Yurakning g'ururi.
Sevgim sohili,
Nafasim oxiri.
Erta tong nahorim,
Qaytmas bahorim.
Sochdagi tolam,
Tuganmas nolam.
Ko'zimning qorasi,
Dilimning yarasi.
Q'limning titrog'i,
Gulimning yaprog'i.
Ko'zimdagi yoshim,
Bag'rimdagi toshim.
Yagona go'zalim,
Sizsiz mani sevgilim!
_______________________________________________

SOG`INAVERAR
Qish ham o`tib kelmoqda bahor,
Yurak yana sog`inar seni
Ko`zlarim ham senga intizor,
Sog`inchdan yuragim yonmoqda meni.

Bu bahor ham o`tar baribir,
Ko`nglim seni sog`inaverar
Seni sog`inaman negadir,
Isming aytib yuragim urar.

Bahor o`tib keladi yozlar,
Sog`inaman seni yana ham
Sog`inchga to`lganda yuraklar,
Kelib qolsang edi shu mahal.

Yoz ham o`tib kelganida kuz,
O`ylaymanki u bugun kelar,
Bilaman qachondir kelasan,
Lekin yurak sog'inaverar.

Har bir daqiqa ham o`tar to`xtamay,
Aylanib kelaverar yillar
Lekin yurak menga indamay,
Faqat seni sog`inaverar...

_______________________________________________
SEVGI.
Senga jonim fido bo`lsin,
Tanamdagi qonim mening
Sensiz bir zum yasholmasman,
Vujudimsan jonim mening.
Dunyoda yashayver mangu,
Sen kerak yuraklarga,
Sening bergan azoblaring
Oro berar qalblarga.
Sevgi! Senku har yurakni
Xursand qilib yig`latgan,
Har insonda paydo bo`lgan
Borim mening, yo`g`im mening.
_______________________________________________

Muhabbat
Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ey ko`hna dard, ey ko`hna tuyg`u.
Ko`kragimga qo`lingni tirab,
Yuragimni to`kib qo`yding-ku.

Qancha ko`zlar menga zor edi,
Na g`am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so`kib qo`yding-ku.

Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen.
Qomatimni bukib qo`yding-ku.

Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding,
Jon kerakmi — mana ol endi,
Qiynar bo`lsang qiynab to`yding-ku.

Bilmam, nima edi maqsading:
Menga bir juft guling asrading,
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo`yding-ku!

Muhabbat, ey go`zal iztirob,
Ko`chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlarimga yuzlaring tirab,
Ko`zlarimni boylab qo`yding-ku!..

_______________________________________________

Esimdadir
Esimdadir ajib dam hali:
Ko'z oldimda bo'lding namoyon,
Pok go'zallik dahosi kabi,
Bir lahzalik xayol, tushsimon.

G'am-alamdan dilim yonganda
Tushlarimda ko'rdim chehrangni,
Hayotdagi bo'm-bo'sh suronda
Kelib turdi tovshing jarangi.

Yillar o'tdi. Isyon bo'roni
Xayollarim sovurdi dildan.
Va unutdim dilbar sadongni,
O'chdi aziz chehrang yodimdan.

Quvg'inlikning changida nursiz
G'amga to'lib kunlarim botdi;
Xudo, ilhom, ko'z yoshisiz,
Ishq, iztirob, hayotsiz oqdi.

Mana, qalbga oshno bo'ldi nay,
Ko'z oldimda bo'lding namoyon,
Go'zallikning sof parisiday,
Bir lahzalik ajib tushsimon.

Ruhim yana uyg'ondi bu dam,
Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Ko'z yoshi-yu muhabbat, hayot


Категория: Sevgi she'rlar | Просмотров: 1766 | Добавил: saidbekorchi | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 5
03.04.2010
5. Eldor [Materyal]
Agar meni aldasa hayot,
Orzularim qilsalar barbod,
Yuz o’girsa do’stlarim hayhot,
Sevasizmi shunda ham ayting?

Zaiflashsa ruhi zabonim,
Olloh olsa yoki zabonim,
Topilmasa bir mehribonim,
Sevasizmi shunda ham ayting?

Fojeaga duch kelib qolsam,
Ko’zlarimdan ayrilib qolsam,
Nogironlik nomini olsam,
Sevasizmi shunda ham ayting


31.10.2009
4. Nilufar [Materyal]
BAHOR KELGAN EDI GO'YO QALBIMGA,
UMIDIM DARAXTI KURTAKLAR OCHDI.
BIRDAN KIRIB KELDING YURAK-BAG'RIMGA,
QALBIM ESHIGINI KALITSIZ OCHDING!
XAR TUN SOATLARIM SENGA BAXSH ETTIM,
KO'ZLARING QARIGA MENI G'ARQ ETTING!
MEN HAM SENGA QO'LIMNI TUTDIM,
SEVGING DENGIZMIDI MENI G'ARQ ETTING!

07.06.2009
3. yodgor [Materyal]
Nega ketding nega tashlading, Qalbim qiynab kuzim yoshlading.Vafo nima bilmas ekansan,Sevgi chamaniga nega boshlading.Nega endi yuz ugirasan, Muxabbatdan nega tonasan.Bilib quygin ohiri bir kun, SHu sevgi deb utda yonasan

07.06.2009
2. yodgor [Materyal]
salom

30.03.2008
1. SHAXLO [Materyal]
Ruhim yana uyg'ondi bu dam,
Yana unda tirildi najot;
Yana dilda xudo va ilhom,
Ko'z yoshi-yu muhabbat, hayot

DO`STLASHADIGANLA BO`SA XAT YOZILA


Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!