Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
Siz sevganizni qayerda uchratgansiz?
Barcha javoblar: 1168
Главная » 2008 » May » 17 » Ismlar ma'nosi
Ismlar ma'nosi
23:31
D
DAVLAT (a.) - davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin.
DAVRON (a.) - davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo’lsin.
DILAFRO’Z (f.t.) - ko’ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to’ldiruvchi zebo qiz.
DILBAR (f.t.) - ko’ngilni oluvchi, suyukli, go’zal.
DILMUROD (f.t-a.) - dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola.
DILNAVOZ (f.t.) - dilni erkalovchi, ko’ngilga zavqu shavq bag’ishlovchi sevimli zebo qiz. DILNOZ (f.t.) - nozik qalb sohibi.
DILOVAR (f.t.) - jasur, qo’rqmas, dovyurak, shijoatli.
DILORO (f.t.) - ko’ngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz.
DILOROM (f.t.) - dilga orom beruvchi, ko’ngilga taskinva huzur-xalovat baxsh etuvchi.
DILRABO (f.t.) - ko’ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go’zal qiz.
DILSHOD (f.t.) - dili shod bo’lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.
DURDONA (a-f.t.) - inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.
E
ELBEK (o’zb.) - ulgayib elning bega, sardori, yo’lboshchisi bo’lsin.
ELDOR (o’zb-f.t.) - ulg’ayib yuqori martabalar egasi, elning yo’lboshchisi, rahnamosi, hukmdori bo’lsin.
ELMUROD (o’zb-a-.)- el orzu qilgan farzand bo’lsin, elini orzu-murodiga erishtirsin.
ERALI (o’zb-a.) - jasur, doyyurak, mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli bo’lsin. ERGASH (o’zb.) - aka va opalariga ergashib yursin.
ERKIN (o’zb-) - erkin, ozod, hur bola.
ESON (o’zb.) - sog’-salomat, omon-eson o’ssin.
ESHBEK (o’zb.) - beklar naslidan bo’lgan bola ulg’ayib, aka-ukalariga hamdam, esh, hamnafas bo’lsin.
ESHBO’RI (o’zb.) - bo’ri hamrohi, yo’ldoshi bo’lib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin.
ESHDABLAT (o’zb-a.) - mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat bo’lsin, rizqi butun bo’lib, baxtli, totuv hayot kechirsin.
ESHMUROD (o’zb.-a.) - orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh bo’lib, murod-maqsadiga yetsin.
ESHQOBIL (o’zb.) - odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yo’ldosh, hamdam, esh bo’lsin.
E’ZOZ (a.) - e’tiborga, hurmat-ehgiromga sazovor bo’lgan qadrli, qimmatli, suyukli bola.
EHSON (a.) - sovg’a, tuhfa


QISQARTMALAR:

(s.a.v.) — Sollallohu alayhi vasallam
a. — arabcha
mo’g’. — mo’g’ilcha
pahl.- pahlaviycha
o’zb. — o’zbekcha
hind. — hindcha
f.t. — fors-tojik
yun. — yunoncha
yah. — yahudiycha
qad. yah. — qadimiy yahudiycha



Категория: Yengiliklar | Просмотров: 1618 | Добавил: saidbekorchi | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
07.07.2008
1. shoira (shoira_85) [Materyal]
qolganlari yuqmi?
davomi bormi uzi?

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!