Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
Sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 431
Главная » 2008 » May » 17 » Sevgi haqida she'rlar
Sevgi haqida she'rlar
23:56
Bu dard
Bu dard meni qaydan oldiykan topib,
O'hshamay qoldimku o'zimga o'zim.
Tikanlar ustidan boryapman chopib,
Aralashib ketdi qish, bahor, kuzim...

Qiynayverar meni hijron otashi,
Oh ursam bag'rimdan tutun chiqadi.
Yurak qayta-qayta joduga tushib,
Diydoringa yana butun chiqadi.

Balki olis ikki qoshning orasi,
Balki ikki qirg'oq orasi uzoq.
Bir qadam Samarqand Shoshning orasi,
KUz ham yo'llarimga qo'yolmas tuzoq.

Farhodiga fido jonimni ko'rib,
Shirinlar yengillib tushadi taxtdan.
Bir tig' yuragimga oldiki kirib,
Qutulib bo'lmaydi endi bu BAXTDAN.

Sekin shivirlab
Sekin shivirlading qulog'imga sen:
"Bilib qo'yki seni yaxshi ko'raman,
Va boshqa qaytarib aytmayman buni..."
Men endi tinimsiz o'ylar suraman:

Mayli, sen qaytarib aytma bu so'zni,
Ezib-ezib yomg'ir yoqqan qaro tun.
Yog'ilmasa mening chanqoq nigohim,
Ko'zlaring aytsinlar intizor va xun.

Sen aytma. Gohida ko'ksin tog' qilib,
Goh mavhum bo'shliqqa uranda o'zin.
Cheksiz xayolingning chuqur izlari,
Mendan ayrilolmay aytsin bu so'zni.

Ikkimizga bitta raqib-ul hijron,
Horib-horib uzun yo'ldan qaytsin.
Garchand bag'ri yara, garchand egni qon
Bo'lsa-da, umidning tillari aytsin.

Sen aytma, yiqilay degan chog'imda,
Seni unutolmay unusam o'zni.
Meni yashamoqqa chorlab va suyab,
Ishonchning qo'llari aytsin bu so'zni!

U so'z aytilmagan sari qadrli,
Qudrating yetguncha saqlayvergin sir.
So'zingning dunyoda tilmochlari ko'p,
Sening aytmog'inga ne hojat, ahir?

Oshiq
Oshiq bo`ldim, pand bermang, chorim asbobin tuzing,
Ishq zor etganga zulm etmang, tarahhum ko`rguzing.

Eyki dersiz, ongsizin ishqin uyin obod qil
Mundoq etguncha hayotim qasridin yodim buzing.

Oshiq bo`ldim, pand bermang, chorim asbobin tuzing,
Ishq zor etganga zulm etmang, tarahhum ko`rguzing.

Burd kelturding debon, yozg`irmangiz ey, ahli zuhd,
Boku suxtim ridosin kunjiga solib suzing.

Shul Navoiy ko`nglini qildi girix bir tor zulf,
Do`stlar sarrishtayi umidni ondan uzing.

Oshiq bo`ldim, pand bermang, chorim asbobin tuzing,
Ishq zor etganga zulm etmang, tarahhum ko`rguzing



Kechalari
Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.


Категория: Sevgi she'rlar | Просмотров: 1790 | Добавил: saidbekorchi | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 8
09.07.2008
8. shoira (shoira_85) [Materyal]
Men seni sevaman yulduz boricha
Tanimda so`nggi nafas qolguncha
Kutaman entikib kelmaguningcha
Men seni sevaman umrum boricha

09.07.2008
7. shoira (shoira_85) [Materyal]
Seni sog'inaman unutolmasdan
Tushimda ko'raman nigoxlaringni
Nega aytgin kelmaysan mening yonimga
Sog'intirib yashaysan mening qalbimni.

Sevaman deganing xamon yodimda
Sog'inaman yana o'sha so'zlaring
Aytgin qachon kelasan yana yonimga
Ko'z oldimda gul tutgan Sening qo'llaring.

Kelasan yonimga bir kun bilaman
Lekin o'sh "bir kun" juda xam uzoq
Tezroq kel iltimos kutaman
Dushmanlar yo'limga qo'ysa da tuzoq.

Kelishingni kutib kunlar o'tyapti
O'tyapti nafaqat tun emas kun xam
Yo'llaringgga intizor mening ko'zlarim
Kutaverar, kutadi o'tsa-da yil xam.


09.07.2008
6. shoira (shoira_85) [Materyal]
Hayotimda ilk bora sevib qolgandim
O'sh sevgim sen eding hali ham sensan
Sendan boshqa sevgi, sig'mas qalbimga
Ko'zlarim intizor bo'lar yo'lingga.

Sevardim men seni go'yo daryoday
Daryoki xech qachon suvi tugamas
Mening Senda bo'lgan xayolim kabi
Xech qachon Sevgingdan ko'ngil uzolmas.

Mening birinchi sevgim, doim xayotda
Yagona ishq bo'lib qolar doimo
Sening mengabo'lgan sevgingla yashab
Muxabbating bilan o'lsam extimol.


09.07.2008
5. shoira (shoira_85) [Materyal]
Ko'rgan kunim sarob bo'ladi,
O'tgan kunim harob bo'ladi.
Ichgan suvim sharob bo'ladi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Ko'zim kulib ko'nglim yig'laydi,
Bag'rim ezib orom tig'laydi.
Yuragimga qil ham sig'maydi,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Bo'lsa masixlar kuni agarda,
Ko'tarilsa g'iborlik parda.
Qarama deb qilmagin zarda,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Hazon bo'lar ochilgan gullar,
Ishq bog'ida tutashmas yo'llar.
Kuylab navo qilmas bulbullar,
Gunoh bo'lsa seni sevganim.
Muhabbatni ko'zi ko'r bo'lur,
Hijronla g'ami zo'r bo'lur.
Bu peshonam o'zi sho'r bo'lur,
Gunoh bo'lsa seni sevganim

09.07.2008
4. shoira (shoira_85) [Materyal]
Urib tursang edi agar hasta yuragim
Muhabbat bor derdim dunyoyi dinda
Oh, sevgimni men ham uchratarmidim
Yomg'ir shuvillagan shunday bir kunda
Urib tursang edi bedor yuragim
Navqiron umrimga qilmay hiyonat
So'ragan bo'lardim taqdir azaldan
Balki fojeali go'zal muhabbat
Urib tursang edi hasta yuragim
Sevgilim qo'lidan dadil tutardim
Sevgiga umidga zor bu dunyoning
Barcha ko'chasidan birga o'tardim

09.07.2008
3. shoira (shoira_85) [Materyal]
Seni dedim ko zlaringga qarolmadim,
Hatto sendan hol ahvoling so rolmadim,
Sog inib men yonginagga borolmadim,
Kechir meni, sevishimni aytolmadim.
Ko z yosh bilan yonginamga kelar eding,
Hol ahvolim so rab zimdan kular eding,
Sog inganim ko zlarimdan bilar eding,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.
Menga bunday nigoh bilan boqma endi,
Dilginamga o't-olovlar yoqma endi,
Baxtsizman deb o'z-o'zingni so'kma endi,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.
Sevdim ammo yuragimda asrab keldim,
Qalblarimda, og ushimda saqlab keldim,
Ostonangga bordim ammo qaytib keldim,
Kechir meni sevishimni aytolmadim

09.07.2008
2. shoira (shoira_85) [Materyal]
Sevgi nima? degan savolga
Har kim javob berar o'zicha
Ba'zilarga u o'yinchoq tuyg'u
Ayrimlar der "Sevgi bu-og'u".

Xayotida sevgila yashab
Sevgi bilan o'lganlar qancha
Ana shular sevgi qadriga
Yetgandirla oxirigacha.

Menimcha sevgi juda
Oliy, buyuk tuyg'udir
Sevib qolgan odamlar
Juda baxtli insondir.

Sevib yashash xayotda
Eng oliy baxt dunyoda
Sizlar xam bu tuyg'uni
Xurmat qiling xayotda.


21.06.2008
1. sarvarbek [Materyal]
Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!