Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
HIT PARAD
Barcha javoblar: 423
Главная » 2008 » Avgust » 22 » Islomiy she'rlar
Islomiy she'rlar
23:07

Mo’minu musulmon Olloh bandasi, 
Qalbi pok, pokiza kiygan jandasi. 
Takror aytadurlar ul Rasululloh, 
Haqni so’zlaganni sevguvchi olloh, 
G’ofillar bo’lmangiz ahli diyonat, 
Birovning moliga etmang xiyonat, 
Haromning jomiga bormangiz zotan, 
Haromxo’r o’tguvchi asli bevatan. 
Jo’shqin, hadisdagi o’qi har bobni, 
Qo’lingdan qo’ymagil ushbu kitobni, 
Islomning yo’lidir, Ollohning yo’li, 
Doimo bo’lgin sen, sen haqning quli.
-------------------------------------------
Payg’ambar hadisda ayturlar iffat, 
Hayo yuzidin ketsa bosadir g’aflat, 
Barcha ayollarga mehribonlik qil, 
Qoshingda burma alarga uzlat. 
Odil bo’l, shafqat qil onang kabidir, 
Ayollar farishta ro’yi ta’bidir, 
Rasul e’zozladi Oyisha onani, 
E’zozla, deb aytgan ul zot nabidir. 
Muomala aylagil onangu-singling, 
Yomon xulqlar ila fikr etma ko’ngling, 
Gar najot so’rasa begona ayol, 
Unga g’araz bilan cho’zmagin qo’ling. 
Jo’shqin hadisdadir fikru xayoling, 
Ona tuqqay shoir, sardor, ziyoling, 
Bu yolg’iz Ollohni karomati-la, 
Payg’ambarni bergan axir ayoling.
-------------------------------------------
Allohim O’zingga shukur… 

Allohim O’zingga shukur inson qilganing uchun, 
Undan ham ko’proq shukur IYMON berganing uchun. 
Harom, halolni bildirib, yiroq qilganing uchun, 
Yana ham ko’proq shukur IHLOS berganing uchun. 

Ayirmagin yo Rabbim meni duo qilishdan, 
IYMON berib qalbimga, O’zing qo’lla har ishda. 
Tilim, aqlim, qalbimda yangrasin Sening isming, 
Asragin meni yo Rab, O’zing, gunoh qilishdan. 

Qalbimdan yiroq qilma ibo, hayo, nomusni, 
Nafsimga bergin toqat, asra meni fahshdan! 
Sevdim seni qalbim-la, KERAKMAS o’zga sevgi! 
O’zing bergin bahtimni, yo’liqtirma dinsizga!
-------------------------------------------
Men musulmonman buni ko'rursiz, 
Aytgan so’zlarimga quloq tutingiz. 
Allohga ibodat qilib hamisha 
Faqat Ungagina duo qilaman. 
Boshqalarga duo qilsamchi agar 
Juda katta gunoh qilgan bo’laman
-------------------------------------------
Boshlagin sen har bir ishni bismillohdan 
Tasbehlardan, zikrlardan, ibodatdan 
Tilovatga shayla do`stim zaboningni 
Namozingni o`qi ukam namozingni. 

Ihlos bo`lsa ibodating mohiyati 
Go`zal bo'lur insoniyat oxirati 
Eng muhimi yo'qotmagin iymoningni 
Namozingni oqi ukam namozingni . 

Duolarda so`ragin sen Ollohimdan 
Panoh bersin qaynab turgan do`zaxidan 
O`rnak qilgin Sahobiylar hayotini 
Namozigni o`qi ukam namozingni. 

Namoz erur iymoningning ustunlari 
Ibodatda bo`lgin mudom sen tunlari 
Sabrsizlik bilan kutgin ramazonni 
Namozingni qoldirmagin namozingni.
-------------------------------------------
Namoz... 

Muminlikka da'vo bulmas Benamozlik, 
Bir kunga ham ravo bulmas Benamozlik. 
Bu dunyo ku besh mahaldek utar ketar, 
Lek qabrda havo bulmas Benamozlik 
Jazolarga davo bulmas Benamozlik 

Qur'onda ham uning misli kelgan qavm bu, 
G'iybat ila uz dustin gushti egan qavm bu, 
Rasulluloh :saws: bizdan emas degan qavm bu, 
Peshonasin qoraytimish Benamozlik 
Qabrini ham toraytirmish Benamozlik. 

Bu gunohki kungillarni mast qilguvchi, 
Inson degan sharafni PAST qilguvchi, 
Boshga balo kunni haqqa rost qilguvchi, 
Gunohlarning KABIRASI Benamozlik 
Asli shirkning nabirasi Benamozlik. 

Joynamozlar SARPOlarga joylanadi, 
Ayting, qo'llar qachon haqqa bog'lanadi? 
Nahot inson duzah sari shaylanadi?! 
Shayton tuhfa etgan tug'yon Benamozlik, 
Yaratganga eng zyr ISYON Benamozlik. 

Besh mahalga beparvodir, Alloh bir deb, 
Ogir kunda tag'in aytar panoh BER deb, 
Shuni aytsa kerakda, haqq gunoh bir deb 
Muhirlanmush qalbi mangu Benamozlik, 
Namozshomda guyo uyqu Benamozlik. 

Bobolari sajdadan bosh kutarmagan, 
Yaratgandan uzga Iloh ahtarmagan, 
Oh bu farzand, nechun desang kukarmagan, 
Daryo qurib, urnida cho'l Benamozlik 
Duzah sari eng QULAY yul Benamozlik. 

Tahtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu, 
Har kunini Allohdan deb bilgan el bu, 
Dini bois bu dunyoga kelgan el bu, 
Elkasida uning bugun Benamozlik 
Hech echilmas jirkanch tugun Benamozlik. 

Buhoriylar, Termiziylar, Naqshbandlar, 
Shu o'lkadan chiqqan edi jigarbandlar, 
Ularni odam qilgan labbahandlar, 
Ular uchun eng katta OR bu Benamozlik 
Bugun biz aylagan HOR Benamozlik 

Sinolarin NAMOZ uqib tabib bulgan, 
Navoiysi sajda chog'i habib bulgan, 
Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan, 
Bu millatga katta UYAT Benamozlik 
Tarih uchun katta g'orat Benamozlik. 

Dunyo uchun nima qilsang qilavergin, 
Uzingni kim bilsang shunday bilavergin, 
Ammo sungi hitobimga quloq bergin, 
JAHANNAMGA ZIYORATDIR Benamozlik, 
Insoniylikka hiyonatdir Benamozlik...
-------------------------------------------

Категория: Islomiy she'rlar | Просмотров: 2084 | Добавил: saidbekorchi | Рейтинг: 4.7/3 |
Всего комментариев: 4
23.08.2011
4. Zamira [Materyal]
kimki tanlasa Alloh yo'lini,
hech qachun afsusdan ko'z yosh to'kmagay,
siz ham unutmang shuni zinhorba-zinhor,
haqiqiy insonni asraydi IYMON!

05.06.2011
3. sardorjon [Materyal]
gunoh qilib gunohindan qochsang odamzod,
boshin oqqan tamonga ham birga ketarlar .
devonaga bor budingdan sadaqa qilsang,
muruvating tobutinga chiroq yoqarlar.
inshoollox musirmonman deb davir surgin,
rabbing kim desalar OLLOX deyvergin.

12.10.2008
2. Latofat(Firdavsa) [Materyal]
YA ROSULULLOH
Gohida yuragim to'lib ketganda,
Bevafo dunyoga to'yib ketganda,
Hislarim begona bo'lib ketganda,
Sizni sog'inaman YA ROSULULLOH.

12.10.2008
1. Latofat(Firdavsa) [Materyal]
Alhamdulillah!!!
AJOYIB she'rlar ekan

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!