Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
Siz sevganizni qayerda uchratgansiz?
Barcha javoblar: 1168
Главная » 2008 » Avgust » 23 » NIGORAdan she'rla
NIGORAdan she'rla
15:12
SOG'INGANIM SIZ FAQAT
SOGINGANDA YOZIN XAT
SOGINGANIM HAQIQAT
SOGINTIRMAY YOZIN XAT
__________
Qalbimning zori,
Faqat mani yorim.
Quyoishda salqinim,
Tunlari yorqinim.
Orzuda ishonchim,
Hayotda quvonchim.
Umrimning armoni,
Dardimning darmoni.
Ishqimning sururi,
Yurakning g'ururi.
Sevgim sohili,
Nafasim oxiri.
Erta tong nahorim,
Qaytmas bahorim.
Sochdagi tolam,
Tuganmas nolam.
Ko'zimning qorasi,
Dilimning yarasi.
Q'limning titrog'i,
Gulimning yaprog'i.
Ko'zimdagi yoshim,
Bag'rimdagi toshim.
Yagona go'zalim,
Sizsiz mani sevgilim
__________
Qish ham o`tib kelmoqda bahor,
Yurak yana sog`inar seni
Ko`zlarim ham senga intizor,
Sog`inchdan yuragim yonmoqda meni.
Bu bahor ham o`tar baribir,
Ko`nglim seni sog`inaverar
Seni sog`inaman negadir,
Isming aytib yuragim urar.
Bahor o`tib keladi yozlar,
Sog`inaman seni yana ham
Sog`inchga to`lganda yuraklar,
Kelib qolsang edi shu mahal.
Yoz ham o`tib kelganida kuz,
O`ylaymanki u bugun kelar,
Bilaman qachondir kelasan,
Lekin yurak sog'inaverar.
Har bir daqiqa ham o`tar to`xtamay,
Aylanib kelaverar yillar
Lekin yurak menga indamay,
Faqat seni sog`inaverar...
__________
Muhabbatga zorlanadi tashna yuragim,
Topolmayin ishq saxrosi ichra bir buloq.
Sarson yurar visol izlab tunamoq uchun,
Yo'llarida vafo bo'lib yastanar qumloq.
Orzularga zorlanadi xasta bu ko'nglim.
Yor vaslini saroblardan topolmay nochor.
Kunlar quyosh sirdosh bo'lmish armonlariga,
Tunlar dardin xilolaga etadi izxor.
Armonlarga zorlanadi jonsiz vujudim,
Ko'z yoshlari qum bag'riga singmagan daryo.
Tushunmaydi, yolg'izlikdan ko'r bo'lgan qalbim,
Muhabbatning orzulari armonli dunyo.
__________
Yirtilgandir xalovatning ko’ylaklari,
Yulduzlar bu uning o’tli bo’laklari,
Ko’pdir hali aytilmagan tilaklarim,
Xush ifori devoridan oshgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
Bo’y-ku, mayli, nigoh yetmas devollari,
Saddi Chindek kelar bisyor zavollari.
Tutmaydimi sarson yurak uvollari,
Lablarida noz- firog‘i jo’shgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
Sirdoshlari tunda yulduz, oylar emish,
Bellarida qirq kokili soylar emish,
Lablarini qaro xoli poylar emish,
Kulguchidan kulgulari toshgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
Ko’chasidan o’tsam, sirli handon otib,
Qo’yar ko’zim eshigiga bandi etib,
Devor ekan, osmon bo’lsin, oshay tib,
Bir bo’samsiz o’n sakkizga shoshgan oyqiz,
Yuragini yuragimga qo’shgan oyqiz.
__________
So’zlaringiz yurakka malham
Husningizga ko’zim to’ymaydi.
Nega bilmam nega azizim
Sizni shunchaki sevib bo’lmaydi.
Xatiningizda dil to’la ma'no
Qalbim faqat siz-la bo’zlaydi
Hayol uzra doim o’zingiz
Sizni shunchaki sevib bo’lmaydi.
O’zgalarga bermasman sizni
Ko’ngil sira sira qo’ymaydi
Mayli mendan bo’lingiz yiroq
Sizni shunchaki sevib bo’lmaydi.
__________
Yodga solar seni u gullar,
Hayolimni o'g'irlab ketding
Qay manzilni ko'zlading bilmam
Qay dillarni huzrbahsh etding.
Yodga soldi seni o'shal kun
O'sha osmon o'sha yulduzlar.
Bilmam endi qaylarda qoldi
Baxt qasriga to'la orzular.
Yodga soldi seni mahzun kuy,
Ozorlaring qalbimni yoqdi.
Menga boqqan bu qaro ko'zlar
Bilmam qasdi dilga o't yoqdi.
Yodga soldi uning ovozi,
Go'yo bulbul honish ayladi.
Yurak endi o'zga bir yorni
Qalbga dildor etib sayladi.
__________
 
 
Категория: Sevgi she'rlar | Просмотров: 2121 | Добавил: nigora | Рейтинг: 4.3/3 |
Всего комментариев: 5
05.08.2010
5. Mahzuna [Materyal]
nigora bularni uziz yozganmisiz?

17.03.2009
4. НАРГИЗ [Materyal]
SHERLARDA ANCHA MA'NO BOR SHIRIN AZOBLAR-U,ACHCHIQ SOG'INCHLAR GAP YO'Q

15.03.2009
3. nargiza akramova [Materyal]
sherlarga gap yuq

27.10.2008
2. shabnam [Materyal]
wow juda gozal sherlar va juda achinarli qoyil

06.09.2008
1. _NoDiShkA_ [Materyal]
she'rlar uchun raxmat juda go'zla va azobga to'la.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!