Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
Siz sevganizni qayerda uchratgansiz?
Barcha javoblar: 1168
Главная » 2008 » Oktabr » 15 » Salom sevgilim
Salom sevgilim
21:54
           Salom sevgilim ...... !

        Tun… Mening motamsaro qalbim yanglig` qop-qora, zulmat libosini kiygan va lek tinch, osuda oqshom........

        Men sizni kecha har qachongidan ko'ra juda-juda sog'indim, chunki kecha men tug'ilgan kun edi, har yili tug'ilgan kunimda o'sha biz uchun aziz bo'lib qolgan "Bobur" parkida uchrashar edik, menga sovg'a olib kelib tabriklay edingiz va tungacha aylanib yurardik.  
      Kecha ham sizni qo'ng'iroq qilishingizni va "..... aka boburda uchrashamizmi?" deyishingizni rosa kutdim. Qo'ngiroq qilmasligingizni bilsam ham kutdim, umid qildim, lekin, afsus kutishdan hech qanday naf bo'lmadi....
       Sizni hech ham unuta olmayapman, nima qilay ayting... Sizsiz tunlarim mahzun, kunlarim esa mazmunsiz. Sizni tabassumingiz, ma'no to'la ko'zlaringiz kechalari meni bedor qilib, siz haqingizda o'ylashga va faqat siz bilan yashashga undaydi go'yo. Sizni jilmayishlaringiz, shirin va ma'no to'la so'zlaringiz, bir - biridan chiroyli va mazmunli xatlaringiz, odatlaringiz hamma - hammasi, ayniqsa, jilmayishlaringiz menga yod bo'lib ketgan. 
      “Men sizni sevaman” deganimda “Ishonmayman” degan so'zlaringiz, har doim hazil qilib urushib qolishlarimizni hamisha yodimda. 
       Lekin bu galgi urushishimiz bizga juda uzoq ayriliq olib keldi. To'g'ri ayb o'zimda, oramizga sovuqchilik tushishiga o'zim aybdorman, lekin bo'yin eggim kelmayapti, bunga mag'rurligim, manmanligim, g'ururim yo'l qo'ymayapti....

      Yurgan yo'limda sizni jonlantirib xayolan siz bilan gaplashaman, xayolan sizni bag'rimga bosaman va sizni o'ylaganimda butun dunyoga jar solgim keladi "Kechir meni...!!!" deya lekin sizga ayta olmayman, sababi o'zingizga ayon....

     Sizga rosa qo'ng'iroq qildim, tovushingizni eshitay deb, lekin uydagilariz chaqirib berishmadi, boshqa qo'ng'iroq qilmang deb go'shakni ilib qo'yishdi....

Sevaman der eding balki bu yomon, 
Balki rost qalbingda urgani tug`yon. 
Azizim, quloq sol so`zimga ishon, 
Men seni sevardim, sevaman hamon.

       Lekin bugun maktub orqali o'sha mag'rurlikni, manmanlikni, g'ururni chetga surib qo'yib, sizdan kechirim so'ramoqchiman...
      "Azizim! Meni kechiring!!! Hamma qilgan ayb ishlarim, sizga ozor berganim uchun Kechiring, sizsiz yashay olmasligimni bugun anglab yetdim...sizsiz hayotni menga qizig'i yo'q, "O'TINIB"(!) so'rayman meni KECHIRING!!!!
      Yana siz bilan bo'lgim kelyapti, sizni o'sha shirin jilmayishigizni, tabassumingizni, ma'no to'la shirin so'zlaringizni tinglagim, eshitgim, suhbatlashgim kelyapti....

Sizni abadiy sevib va kechirim so'rab qoluvchi .....


                                                                                                    Muallif: Murodbek
Категория: Sevgi qissalari | Просмотров: 2400 | Добавил: UzBro | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 3
07.06.2012
3. sodikbek123 [Materyal]
OLDIN O'YLASH KEREY EDI QILAR ISHNI QILIB QO'YIB ENDI KECHIRIN SO'RIYDI TOVBA

24.04.2010
2. Jilmayish [Materyal]
Men ham sizni kechirdim...tel qiling... +998936021847

18.11.2008
1. ******* [Materyal]
:( Bo'ldi sizni kechirdim....

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!