Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
Sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 431
Главная » 2009 » Yanvar » 28 » 2008 yilning eng ommaviy ismlari
2008 yilning eng ommaviy ismlari
15:12
      - Albatta, tug`ilishda yildan-yilga o`sish bo`ladi. Masalan, 2007 yilda dunyoga kelgan chaqaloqlar soni 39523 nafarni tashkil etgan edi. O`g`il bolalar har doim ko`p tug`iladi, - deydi Toshkent shahar adliya boshqarmasining FHDYo ishlari bo`yicha bo`limi boshlig`i Gulnora In'omjonova. - Tug`ilgan chaqaloqlar ismi avvalgi yillardagiga nisbatan milliyligi va zamonaviyligi bilan ham ajralib turibdi. Keyingi paytlarda ismlarga xon, bonu, begim, zoda, xo`ja, bek, said kabi qo`shimchalarning qo`shilishi keng tus olayapti. Ayniqsa chet el seriallarining bosh qahramonlari nomini qo`yish tez-tez uchraydigan bo`ldi. Aytaylik: Esmeral'da, Kamilla, Samir, Asadbek, Shohruhxon, Aliya ismlilar anchagina. Turk seriali - "Achchiq yolg`on" efirga uzatilgandan keyin esa aksariyat ota-onalar farzandlariga Amirxon va Rayhon ismlarini tanlashgan edi. Mashhur gimnastikachi Alina Kabaevaga taqlidan boshqa millat vakillari orasida Alina ismli qizaloqlar ko`paygan bo`lsa, "Jumong" serialidan so`ng Jumonglar safi kengaydi (o`zbek tilida Juman).
        Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi FHDYo idoralari amaliyotini o`rganish bo`yicha o`tkazilgan tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, yurtdoshlarimiz o`z farzandlariga eng ommaviy bo`lgan, elimiz suyib ataydigan, shuningdek, kamyob uchraydigan quyidagi ismlarni ko`proq munosib deb bilganlar.
         O`g`il bolalar ismi: Abdulloh, Abdulla, Abdurahmon, Asilbek, Asfandiyor, Abdulaziz, Biloliddin, Bekzod, Behruz, Jahongir, Imron, Ibrohim, Ilhom, Nurmuhammad, Muhammad, Muhammadamin, Muhammadali, Muhammadyusuf, Miftohiddin, Mironshoh, Muhammadaziz, Saidamirxon, Shahboz, Shohruz, Shohruh, Shahzodbek, Firdavs, Farhod, Farrux, Bilol, Zelimxon, Zubair, Dovud, Oybek, Umid, Samandar va boshqalar... 
          Qiz bolalar ismi: Asal (Asel', Asalya), Amina, Anora, Ansora, Yasmina, Robiya, Robiyabonu, Sabina, Sabrina, Samira, Saida, Soliha, Sofiya, Sevinch, Ruxsora, Ruxshona, Muslima, Madina, Maknuna, Muxlisa, Maftuna, Ma'suna, Komila, Kamola, Farangiz, Farzona, Nozanin, Zarina, Zabarjad, Shokira, Shirin, Xadicha, Munisa, Mar'yam, Mubina, Imrona, Nigora, Marjona, Farida, Malika, Feruza, Shahrizoda, Osiyoxon, Odina, Zaytuna, E'zoza (Izoza) va boshqalar.
Yurtimizda yashovchi boshqa millat vakillari orasida esa eng ommalashgan ismlar: Ruslan, Timur, Yelena, Aleksandr, David, Shakiradir.
           Darvoqe, bu yil ilgari uchramagan Askol'd va Zlata nomlarining ham qo`yilishi kuzatilmoqda.
Maktuba AVEZOVA  Manba : http://www.21asr.uz/
Категория: Yengiliklar | Просмотров: 6702 | Добавил: murodbek | Рейтинг: 5.0/2 |
Всего комментариев: 6
26.08.2010
6. Sardorbek [Materyal]
Salom

04.11.2009
5. nurmuhammad [Materyal]
hello everybodys

04.11.2009
4. nurmuhammad [Materyal]
hello everybodys

04.11.2009
3. nurmuhammad [Materyal]
hello everybodys

15.02.2009
2. shoira (shoira_85) [Materyal]
tongue wacko booze hands

29.01.2009
1. Mirza (ProsTa_Bekor4i) [Materyal]
Voyvoooo cool

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Рекламное место свободно!!!