Menu
Yangiliklar Bo'limi
Savol
Sayt sizga yoqdimi?
Barcha javoblar: 431
Главная » Sevgi she'rlar
Seni dedim ko zlaringga qarolmadim,
Hatto sendan hol ahvoling so rolmadim,
Sog inib men yonginagga borolmadim,
Kechir meni, sevishimni aytolmadim.
Ko z yosh bilan yonginamga kelar eding,
Hol ahvolim so rab zimdan kular eding,
Sog inganim ko zlarimdan bilar eding,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.
Menga bunday nigoh bilan boqma endi,
Dilginamga o't-olovlar yoqma endi,
Baxtsizman deb o'z-o'zingni so'kma endi,
Kechir meni sevishimni aytolmadim.
Sevdim ammo yuragimda asrab keldim,
Qalblarimda, og ushimda saqlab keldim,
Ostonangga bordim ammo qaytib keldim,
Kechir meni sevishimni aytolmadim
Sevgi she'rlar | O'qildi: 1466 | Sana: 20.07.2008 | Qo'shdi: JENTELMEN | | Izohlar (1) Batafsil...

nullBulbullar ichinda tinmas zabonman,
Hamon yoningdaman, tanangda jonman.
Agar oshiqlaring o‘n mingta bo‘lsa
Bilgilki alarning sardori menman
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
Ilk bor seni kurganimda
Ilk bor sevgi nimaligini bildim
Ilk bor sevgimni rad etganingda
Ilk bor hijron neligini ko’rdim



Sevgi she'rlar | O'qildi: 1801 | Sana: 19.07.2008 | Qo'shdi: saidbekorchi | | Izohlar (0) Batafsil...

nullMuhabbating dillarimda,
Noming yangrar tillarimda,
Qalbimga o`t tashlading,
Navqiron, yosh yillarimda.

Bu hayotda baxt shirin,
Yoring bergan ahd shirin,
Sevgilim, sening sevging,
Ko`zlaringda yashirin.
Yillar ortingdan yurib,
Bilolmadim ishqing sirin.

Izladim navolardan,
Yorim seni sadolardan,
Qay biri mehr topgan
Oshiqu gadolardan,
O`zing asragim, tangrim,
Ayrilig`u balolardan.


Sevgi she'rlar | O'qildi: 1789 | Sana: 17.05.2008 | Qo'shdi: saidbekorchi | | Izohlar (8) Batafsil...

RasmSeni sog'inaman unutolmasdan
Tushimda ko'raman nigoxlaringni
Nega aytgin kelmaysan mening yonimga
Sog'intirib yashaysan mening qalbimni.
Sevaman deganing xamon yodimda
Sog'inaman yana o'sha so'zlaring
Aytgin qachon kelasan yana yonimga
Ko'z oldimda gul tutgan Sening qo'llaring.


Sevgi she'rlar | O'qildi: 1926 | Sana: 04.05.2008 | Qo'shdi: saidbekorchi | | Izohlar (0) Batafsil...

null  Ayting

Agar meni aldasa hayot,
Orzularim qilsalar barbod,
Yuz o’girsa do’stlarim hayhot,
Sevasizmi shunda ham ayting?

Zaiflashsa ruhi zabonim,
Olloh olsa yoki zabonim,
Topilmasa bir mehribonim,
Sevasizmi shunda ham ayting?

Fojeaga duch kelib qolsam,
Ko’zlarimdan ayrilib qolsam,
Nogironlik nomini olsam,
Sevasizmi shunda ham ayting


Sevgi she'rlar | O'qildi: 1765 | Sana: 27.03.2008 | Qo'shdi: saidbekorchi | | Izohlar (5) Batafsil...


Bu dunyoda sevish bor,lekin unga yetish yo'q
Bu dunyoda sevgining baxtini xis etish yo'q
Bu dunyoda qayg'u bor saratoni bo'ronli
"Baxtu,visol,diydor bor"degan ishonch gumonli
Bu dunyoda armon bor,ayriliqning garovi
Va dunyoda sevgining juda qattiq sinovi
Bu dunyoda xijron bor,olovidan kuyar yoz
Bu dunyodagi ishqning bag'rida kuyar ayoz
Bu dunyoda sevgi bor,sevganiga yetish yo'q
Bu dunyoda sevmasdan u dunyoga ketish yo'q
Bu dunyoda armon bor,bu dunyoda xijron bor
Bu dinyoda yagona SIZNI SEVGAN INSON bor!
Sevgi she'rlar | O'qildi: 2029 | Sana: 20.03.2008 | Qo'shdi: saidbekorchi | | Izohlar (5) Batafsil...

« 1 2
Reklama
Рекламное место свободно!!!